Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida topshirilgan paxta miqdorini ko‘paytirib ko‘rsatish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “J” fermer xo‘jaligi tomonidan 2580 kilogramm paxta xomashyosi topshirilgan bo‘lsa-da, “Shumanay paxta qabul qilish maskani” AJ mansabdor shaxslari jamiyat pul mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida, yuk xatlari va ECAS elektron dasturiga soxta ma’lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 million so‘m bo‘lgan 5940 kilogramm paxta xomashyosini qo‘shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)