Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlayotgan Hasanboy Do‘smatov noyabr oyining so‘nggi kunida professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport nashri xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, Do‘smatov 30-noyabr kuni Monako poytaxti Monte-Karlo shahrida joylashgan kazino markazida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. E’tiborli tomoni shu kuni Do‘smatov bilan birga super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9 ta jang, 9 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) ham ringga ko‘tariladi.

Hozircha ikkala bokschining ham raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Avvalroq Do‘smatov birinchi jangidayoq Jahon chempionligi kamari uchun ringga chiqishi mumkinligi xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi