• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLda atigi 12 daqiqa o‘ynab, keraksizga chiqarilgan, Shimoliy Londonni “qon”ga bo‘yagan “Bavariya” javohiri Serj Gnabri haqida hikoya

    To‘rt yil oldin Toni Pulis “Arsenal”dan ijraraga olingan Gnabrini “Vest Bromvich”da keraksizga chiqargandi:
    “Serj o‘ynashni xohlaydi, biroq u bu darajada to‘p sura olmaydi. U akademiyadan kelgan o‘yinchi va deyarli APLda maydonga tushmagan. Akademiyalar Premyer Liga darajasidagi futbolchilarni yetishtirib beradimi? O‘ta qiyin masala, axir bu Premyer Liga”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2015-yil Gnabri Angliya Premyer Ligasida atigi 12 daqiqani maydonda o‘tkazdi. 2015/16-yilgi mavsum yakuniga yetgach, germaniyalik futbolchi “Arsenal” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Uyga qaytganidan bir necha yil o‘tib, APLga to‘g‘ri kelmagan iste’dod sohibi kimsan “Bavariya”ning yangi yetakchisiga aylandi. Angliya qaytib esa u jamoasi bilan kimsan o‘tgan yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi vitse-chempioni “Tottenhem”ni yakson qildi. Shimoliy London “qon”ga bo‘yaldi.  To‘g‘ri, bu ishni Serjning bitta o‘zi qilmadi. Ammo Londondagi kechada bu ishni xuddiki Gnabrining o‘zi qilgandek tasavvur uyg‘ondi.

    “Arsenal” muxlislari esa Serjning ketganidan zarracha achinish hissini tuyayotgani yo‘q. Biroq ular shunday iqtidorning qo‘ldan ketishida klub menejmenti hamda Arsen Vengerni ayblashdan o‘zini tiyishayotgani yo‘qligi ham bor gap. Serj Germaniyaga ketganidan so‘ng ham “Arsenal” uchun nimadir qila oldi. Bunda uning faqatgina “Tottenhem” urgan to‘rtta goli nazarda tutilmayapti. U shunday katta o‘sishga erishdi: “Vest Bromvich” safidagi 12 daqiqadan so‘ng u Bundesliga juda tez moslashdi. Va Toni Pulisning ham daraja borasidagi fikrlari va “Arsenal”ning yoshlar bilan ishlash borasidagi qarashlarini chippakka chiqargandek bo‘ldi.

    Bunga yaqqol isbot sifatida “Arsenal” tarbiyalanuvchilarining so‘nggi uch yil ichida APLdan boshqa har qanday ligada tajriba oshira olayotgani va o‘z o‘rnini topib borayotganini ko‘rsatish mumkin.

    Gnabriga yoshligida ham katta iqtidor sohibi sifatida qaralgan. “Arsenal”da ham shunday edi. Shunday o‘rinlar bo‘ldiki, Arsen Venger Gnabrini Teo Uolkottga ham qiyosladi. Lekin iqtidorining yuzaga chiqishi uchun Serj butun hayot tarziga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

    Rio Olimpiadasi Gnabrining kayfiyatini o‘zgartidi. Shundan so‘ng u “Arsenal”dan ketdi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ba’zan oldinga to‘g‘ri qadam tashlash uchun bir nechta oddiy narsa bajarish talab etiladi. Tashqaridan qaraganda o‘sha oddiy narsa ham aslida keraksizdek ko‘rinadi. Gnabri uchun esa bu narsa o‘yindan rohatlanish bo‘ldi.

    2016-yil avgustiga qadar Serj futbolni deyarli unutayozdi. U sakkiz oy davomida maydonda ko‘rinish bermadi. Ungacha esa bir yil davomida tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band bo‘ldi. Umumiy hisobda 2,5 yil ichida atigi 137 daqiqa maydonda harakat qildi. Ammo shunga qaramay Germaniya yoshlar terma jamoasi ustozi Horst Hrebush unig Riodagi Olimpada o‘yinlariga jamoa bilan olib ketdi. Aslida Gnabri Leon Goretska hamda Yulian Brandtlarga o‘rinbosar sifatida termaga jalb etilgandi. Biroq Goretska Meksikaga qarshi Olimpiadaning ilk bellashuvidayoq jarohat oldi. Aynan shu daqiqalardan boshlab Gnabrining vaqti yetganligi oydinlashdi. U maydonga tushib, meksikaliklar darvozasini ham ishg‘ol qildi. Navbatdagi ikkita o‘yinda ikkitadan gol urib, Germaniyani chorak finalga olib chiqdi. Chorak finalda esa Portugaliya taslim etildi. Serj esa oltita o‘yinda oltita gol urib Olimpiadaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, Germaniya esa musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
    “Angliyadagi vaziyatim bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, aqlga sig‘mas darajadagi kontrast holatidaman. Futbolda hammasi oddiy: agar siz o‘ynasangiz, gol urasiz. Ular siz haqingizda gapiradi, sizga qiziqadi. Rioda men katta futbolga qaytdim”, — degan edi musobaqadan so‘ng Gnabrining o‘zi.
    Nemis futbolchisi Londonga qaytishni xohlamadi va transferlar oynsaining so‘nggi kunida “Verder” a’zosiga aylandi.

    Gnabri mashg‘ulotlarga va yugurishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Unga Mertezakkerni davolagan kompaniya yordam berdi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Arsenal”dan ketib to‘g‘ri qildim. Angliyadagi holatim bilan bu yerdagi to‘rt oy ichida yuz bergan o‘zgarishlarni kuzatgan inson fikrimga qo‘shilsa kerak. Menga o‘yin amaliyoti kerak edi. London klubi meni olib qolmoqchi bo‘ldi, biroq men ham o‘zim va rivojlanishim haqida o‘ylashim kerak edi”.
    Futbolchi o‘zi ta’kidlaganidek, o‘yin amaliyoti uning rivojlanishi yo‘lida ikkinchi asosiy sabab vazifasini o‘tadi. Birinchisi esa — tizzasini to‘liq davolanishi.

    Olimpiadadan oldin Gnabri Bondda mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi. Ammo u na klub va na terma jamoa bilan shug‘ullandi. Uning mashg‘ulotlarini Focus-on-Performance kompaniyasidan bo‘lgan mutaxassislar olib bordi. Mazkur kompaniya vakillari vaqtida og‘ir jarohat olgan Pyer Mertezakkerni ham maydonga qaytishiga sababchi bo‘lgandi. Gnabri ham agenti orqali ushbu mutaxassislarga duch keldi. Qayd etish joiz, Pyer va Serjning ham agenti bir edi.

    Focus-on-Performance asoschisi Martin Veddemann tayyorgarlik jarayonlariga yangicha qarashni joriy etdi: u neyrobiologiya hamda biomexanikani birlashtirib, uni neyroatletika deb atadi. Neyroatletika esa to‘g‘ri harakatlanish dasturi, neyromuskullar aloqasining rivojlanishi hamda organizmdagi barcha jarayonlar ustidan nazoratni o‘rnatishdan iborat edi.
    “Jarohatdan so‘ng Serjni davolagan “Arsenal” shifokorlari uning uchun yangi harakat ko‘nikmalarini yaratishi lozim edi. Bu miya uchun harakat reflekslarini boshqaradigan dastur bo‘lishi kerak edi. Biroq ular bunga e’tibor qaratmagan. Aksincha, to‘qimalarning tezroq tiklanishini nazoratga olgan. Ammo buning o‘zi yetarli emas. Biz miya nima qilayotganini bilishimiz kerak edi. Aynan u hammasini boshqaradi. Agar siz tanangizni to‘liq nazorat qila olmasangiz, maydonda maksimum kuch bilan harakat qila olmaysiz”, — degan edi Veddemann.
    Ta’kidlash joiz, Martin Gnabrini qayta dasturlashtirdi. Uni yugurish jarayonida tizzasini xavfsiz qo‘yish, zarba berishdan oldin tanani tik tutish va kuch tortishi markazini yuqori tezlikda ham boshqara olishni o‘rgatdi. So‘nggi uch yil ichida Serj tizzasi atigi bir marta bezovta qildi, xolos. Shunda ham u bor-yo‘g‘i to‘rt kunni maydonda tashqarida o‘tkazdi. 2016-yilga qadar esa Gnabri aynan tizzasi sabab bir necha oy va hatto yillab shug‘ullana olmagandi.
    “Angliyada Gnabrining tizzasi va bog‘lovchi mushaklari bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan. O‘tgan yozda esa uning umidi so‘la yozgandi. Hozir bo‘lsa, Serj neyroatletika sabab ancha yaxshi holatda”, — degandi o‘sha vaqtlarda Veddemann.

    Gnabri Common Goal’ga qo‘shildi, vegetarianga aylanib, yoga bilan shug‘ullandi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Focus-on-Performance yigitlari bilan tanishuv Gnabrini tubdan o‘zgartirib yubordi. Mushaklarini mustahkamlash maqsadida Serj shaxsiy murabbiy bilan yoga mashg‘ulotlarini olib bordi. Bundan tashqari haftada bir marta Germaniyada birinchi raqamli fizioterapevt Lars Linhard bilan ham shug‘ullandi. Ular birgalikda miya va mushaklar aloqasi, reaksiya va koordinatsiyalarni yaxshilash ustida ishlaydi. Shuningdek, uxlash rejimini ham o‘zgartirdi, kamiga kutilmagan hobbi topdi:

    “Qo‘llarim oyoqlarimdek tezkor emas. Ammo fortepyano hamda futbolning o‘zaro qandaydir o‘xshashligi bor. Fortepyanoda yangi pyesani o‘rganish futboldagi mashg‘ulotlarni eslatib yuboradi. Futbolda ham nimanidir yaxshi qilsangiz, juda ham kuchli bo‘lishingiz mumkin. Fortepyanoda ham shunday”, — degandi Gnabri o‘zining yangi hobbisi haqida.
    Serj yanvar oyida go‘sh iste’molidan voz kechib, no‘xot hamda yasmiq donini tanladi. So‘nggi yillarda Kris Smolling, Ektor Belyerin kabi futbolchilar ham vegetarianga aylandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon ular oyoq paylariga katta kuch qo‘shgan. Gnabri haqida esa uning natijalari so‘zlaydi: o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida 9 ta gol urdi (birinchi davrada esa atigi 4 ta gol urgandi). Ammo bu tajriba uzoq davom etmadi. Futbolchi yaqinda ba’zan go‘sht iste’mol qilib turishini ham tan oldi.

    Gnabrining hayotida futboldan boshqa narsalar ham bor. U 2017-yilda Germaniyada Common Goal’ga a’zo bo‘ldi. Bu degani uning maoshidan 1 foizi doimo xayriyaga yo‘naltiriladi. Bu futbolchi uchun haqiqiy ish prinsipi:
    “Qaror yurakdan chiqadi. Asosiy sabablardan biri mening otam asli Kot-D’Ivuardan bo‘lganidir. Men ivuarliklarning qanday yashayotganligiga befarq qarab tura olmayman. U yerda bo‘lganman. Shuning uchun ularga yordam berishni, nimadir qilishni xohlayman. Hashamatli hayot tarzini esa hamma har xil tushunadi. Kimdir uchun bu tilladan qilingan qimmatbaho mashina. Men uchun esa futbolning o‘zi yetarli”, — Serjning o‘zi.

    Serj — “Bavariya”ning kelajagi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bavariya”dagi tanishtiruv marosimiga Gnabri Gucci brendi ostidagi o‘z vaqtida mashhur basketbolchi Lebron Jeyms kiygan qizil-oq rangli libosda kelgandi. 2018/19-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, myunxenlik muxlsilar Serjni klubning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etdi. Bu mavsum esa uning uchun yanada yaxshi boshlanganini “Tottenhem” darvozasidan o‘rin olgan to‘rtta gol ham aytib turibdi. To‘g‘ri, Gnabri futbol uchun Lebron bo‘la olmaydi. Ammo “Bavariya” uchun... Klubldagilar esa Robben va Riberining merosxo‘ri borasida allaqachon tashvishlanmay qolgani ham ayni haqiqat. Axir Serj endigina 24 yoshda!

    Andrey Kleshchenkoning “Suxoy List” kanalidan Asror Abdunazarov tarjimasi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    03.10.2019, 16:50   Izoh (0)   29958
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” yana qoqildi, “Yuventus”da yirik g‘alaba, “Bavariya” esa Londonda “Tottenhem”ni sharmanda qildi. YChLda tur tafsilotlari

    03.10.2019, 13:32

    “Real” himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi

    02.10.2019, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi BAA klubiga o‘tdi

    01.10.2019, 17:26

    Tracker’dan keyin navbat uyga. Boks bo‘yicha Jahon chempioni Bahodir Jalolovga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi

    01.10.2019, 16:03

    Nursiz o‘tgan Madrid derbisi, “Barselona” esa noxush an’anasiga barham berdi. La Ligada tur tafsilotlari

    01.10.2019, 13:16

    Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlariga Tracker va Gentra avtomobillari sovg‘a qilindi

    30.09.2019, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.