“Real” himoyachisi Nacho Fernandes Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan “Bryugge”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:2) jarohat oldi.
29 yoshli futbolchi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgandi, biroq tanaffusda zaxiraga olingan. Madridliklar rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Nachoning o‘ng oyog‘i tizza orti bog‘lamlarida muammo yuzaga kelgan.
Marca nashrining xabar qilishicha, “Real” himoyachisini taxminan ikki yarim oy muddatga yo‘qotgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)