Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiyaning Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko ma’lum qildi.

Foto: Repost.uz

“O‘zbekiston Prezidenti bir qarorga keldi va hozir O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — degan Matviyenko Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuv chog‘ida.

Matviyenkoning umid qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya ittifoq doirasida hamkorlik qila olishi uchun buni tasdiqlash jarayoni uzoqqa cho‘zilmaydi Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII a’zosiga aylanishi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba’zi to‘siqlarni bartaraf etadi.