Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev navbatdagi “qovun”ni tushirdi: oldida kim bo‘lishidan qat’i nazar, ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa, uning ro‘molini o‘sha tuman hokimining og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu voqea tillarda doston bo‘lib ketdi va, doimgiday, ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo‘ldi. “Daryo” mavzuga oid qiziqarli memlarni va muhokamalarni ko‘zdan kechiradi.

I. Hokimning audioyozuviga munosabat

Trendsetter bloger Nurbek Alimovning ushbu posti Telegram-kanallarda yashin tezligida tarqab ketdi:

Shuhrat G‘aniyev, siz bugungi gaplaringiz bilan pichoqni suyakka qadadingiz. Men dindor odam emasman. Absolyut sekulyarman. O‘zbekistonda har bitta ro‘molli ayolni potensial terrorchi deb ko‘rishni bas qiling. Farg‘onadan ikkita talaba Suriyaga ketmoqchi bo‘lganiga ro‘molli ayollar aybdor emas, siz aybdorsiz. Qaramagansiz.

Sizning maqsadingiz provokatsiya qilishmi? Xalqni jonidan to‘ydirishmi? Mening onam ham ro‘mol o‘raydi, nima gaping bor!? Nimaga O‘zbekiston misqollab yig‘ayotgan obro‘sini bir tiyin qilasizlar?

Ayrimlar blogerlar imijimizni yomonlayapti debdi, men o‘z vatanimning sodiq farzandiman. Uning imiji xalqaro jamiyatda yaxshilanishini dunyo ko‘rgan odam sifatida juda xohlayman. Aslida shu sabotajchilar buzmayaptimi imijni? Sizdan charchadik, keting. Xatto Anjanning “uzqara” hokimiyam xotin kishilarning ro‘moliga aralashib o‘tirmaydi.

Shuhrat G‘aniyev to‘liq iste’foga chiqishini talab qilaman.

Ha aytgancha, ushbu rasmdagi onaxon prezidentning qaynonalari ekan...

Shuhrat aka, Kanada chegarasigacha yaxshi yetib olasiz degan umiddaman...

Foto: Telegram / Alimoff

Bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva ham mavzuga doir fikrini aytib o‘tdi:

Mutloq hokimiyat insonni mutloq buzadi degan kimdir haq. Mana, G‘aniyev, yorqin misoli. Uning tilidan jazosizlik, cheksiz vakolatlar, tiyilmaslik gapiryapti.

Bu hokimbovalarni eshitsang, O‘zbekistonda sud, qonun degan narsalar umuman yo‘q ekan-da devorasan. Istasa so‘kadi, istasa buzadi, istamasa deputat qilmaydi, jahli chiqsa kimningdir og‘ziga nimadir tiqadi...

Alam qiladigani, davlatga, qonunlarga, kelajakka xalqning ishonchini orttiraman deb qancha aqllar bosh qotiradi, misqollab obro‘ yig‘iladi, qadamlab ishonch qozoniladi. Keyin bir hokimi mutlaq chiqib jazavaga tushadi va yana boshlang‘ich nuqtaga qaytamiz.

Bu Sizif mehnatiga o‘xshaydi, biz odam bo‘lmaymiz degan xulosaga aylantirib olib kelaveradi...

Siyosatni to‘g‘ri tushuntirolmasang, qum yeb “siyosat” qilasanmi deydigan mard yo‘q hokimi mutlaqning yonida. Umuman, butun O‘zbekistonda topilarmikan?

Qachon bu hokimlarning mushugini pisht deyishadi? Haddidan oshgan har kimga chegarani ko‘rsatishadi, bularga-chi? Hokimlarning vakolatlarini cheklab, tiyib turadigan mexanizmlarni kuchaytirish kerak. Bu anchadan beri aytilyapti. Ammo qachon qilinadi?

Odamlar bunaqa “nutq”lardan keyin islohotlarga ham, rahbarlarga ham, kelajakka ham ishonmay qo‘yapti. Nahotki G‘aniyev shu ishonchdan ham azizroq kadr bo‘lsa?

Yo biz demokratik davlat bo‘lib rivojlanamiz, yo odamlarning sabr kosasi to‘ladi. Va bunda G‘aniyevdek amaldorlarning hissasi katta bo‘ladi!

“...eshitib olinglar. Birortang majlis qilsang, men borsam, o‘sha kiyimda o‘tirgan ayol kishini ko‘rsam, mahalla raisimi u, o‘qituvchimi u, jamoatchimi u, deputatmi u — o‘sha ro‘molini olib og‘zingga tiqib qo‘yaman”, — deganmidi Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyev?!

Mana bu suratda majlis o‘tkazayotgan kim? Shunda mana bu ayolning ro‘moli kimning og‘ziga tiqib qo‘yilishi kerak? Shuhrat Madaminovich, siz ham shunaqa o‘ylayapsizmi — aytgan gaplaringiz tuturiqsiz va bir lahzada bir chaqaga aylanib qolishini, shunda qo‘lingizdan har doimgidek bloknotingizga yozishdan ortiq ish kelmasligini tushunyapsizmi?

Oxir-oqibat, muammo faqat shu hokimning o‘zida, so‘zidami — axir u bor-yo‘g‘i ijrochi emasmi? Bir yil avvalgi shu suratda shamollar qayerdan esayotgandi-yu, endi, bir yil o‘tib, qayerdan esyapti (esyaptimi o‘zi?) — muammo shu tomonlarda yashirin emasmikin?

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Muhrim” Telegram-kanali

Bu orada Facebook ham jonlana boshladi.

Skrin: “Daryo”

“Uyushmagan yoshlar” sahifasining satiriklari o‘z repertuarlarida:

Foto: “Uyushmagan yoshlar”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Jurnalist Elmurod Ermatov va bloger “Kurbanov.net”lar ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:

II. Senat raisi Tanzila Norboyevaning bayonoti

Skrin: “Daryo”

Bu xabardan so‘ng Twitter’chilar jonlanib, o‘ziga xos hazillar qilishdi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Tushdan so‘ng Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiosi – soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani muhokama qilindi. Senat komissiyasi yig‘ilishida Tanzila Norboyeva Shuhrat G‘aniyevni tanqid qilib, unga qat’iy ogohlantirish berdi.

“Men har qanday jazoga tayyorman, ‘o‘tinib-o‘tinib’ kechirim so‘rayman! Mening avlodim, ota-onam milliy libos kiyadi. O‘zim ham uyimda milliy libos kiyaman. Men aybdorman. Aybimni tan olaman. Ming bor uzr”, – dedi Shuhrat G‘aniyev.

Yig‘ilish hokimning Senat tomonidan qattiq ogohlantirilishi va uch oy sinov muddati berilishi bilan yakunlandi.

III. Senat qaroriga munosabat

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Bunday “yumshoq” jazodan norozi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z avatarlarini Shuhrat G‘aniyev kulib tushgan suratiga ommaviy almashtirishni boshladi. Bu fleshmobni qator yirik bloger va Telegram-kanal egalari qo‘llab-quvvatladi.

Skrin: “Daryo”

O‘z navbatida, “Asanov formati” kanali Shuhrat G‘aniyev aslida blogerlarga yordam berayotgani haqida hazil post qoldirdi:

Blogerlar o‘zaro kelishgan holda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga ularning kanallarida auditoriya to‘plashga yordam bergani uchun “Telegram e’tirofi” medalini topshirishga qaror qildi.

IV. Masalani ijobiy yakun bilan prezident tugatib berdi

Ko‘ksaroyda 30-sentabr kuni o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlariga davlat mukofotlarni topshirish marosimi vaqtida prezident O‘zbekistonda ro‘molga hech kim hech qachon taqiq qo‘ymasligini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli masalalar ko‘tarilyapti.

Qanday yarashadi o‘zbekona ro‘mollar. Qanday yarashadi o‘zbekona kiyinishlarimiz. Shu turishingiz muqaddas o‘zbek onasi timsoli. Mehrli onamiz, singillarimiz mana shunday yurishiga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmaydi O‘zbekistonda.

Mana hammamizning buvilarimiz o‘tgan, hayot onalarimiz bor, ularning kiyinishiga qarab hammamiz havas qilamiz, men ham siz bilan mana shunday o‘g‘il tarbiyalaganingiz uchun, siz bilan samimiy ko‘rishganimdan baxtiyorman. Siz baxtiyor onasiz, men baxtiyor prezidentman siz orqali

Shavkat Mirziyoyev bokschi Miraziz Mirzahalilovning onasiga.