• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasmiy bayonot: Farg‘ona viloyati hokimligi Shuhrat G‘aniyevning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganligini bildirdi

    Davomi: Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning masalasi Senatda ko‘rilishi kutilmoqda

    Avvalroq, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishi haqida aytgan gaplarining audioyozuvi tarqalgan edi. Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati ushbu vaziyat borasida rasmiy bayonot berdi. Quyidagi mazkur bayonot to‘lig‘icha keltirilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    Shu kunlarda BBC va “Ozodlik” radiolari Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ishchi yig‘ilishdagi so‘zlarini tarqatmoqda.

    Viloyat hokimligi axborot xizmati shuni ma’lum qiladiki, ularda notiqning so‘zlaridan o‘zgacha ma’no izlab, buzib talqin qilish hollari ro‘y bermoqda.

    O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari hamda viloyatning barcha tumanlari, chet qishloqlari yangicha qiyofa kasb etmoqda. Ko‘plab horijiy mamlakatlar kompaniya va tadbirkorlari viloyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritayotgan investitsiya hajmi kundan kunga ortib bormoqda. Mamlakat eksport hajmidagi Farg‘ona viloyati ulushi salkam 40 foizga yetib qoldi. O‘nlab ijtimoiy soha obyektlari qurib foydalanishga topshirildi. Oliy ta’lim o‘quv yurtlari esa beshtadan o‘ntaga yetdi. Bu kabi islohotlar tufayli erishilgan natijalar haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Lekin eng muhimi, xalqimiz ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotganligidir.

    Bunday jarayon o‘z-o‘zidan ro‘y berayotgani yo‘q. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra din davlatdan ajratilgan. Davlat, davlat xizmatchilari din niqobidagi ayrim noqonuniy xatti-harakatlarga befarq qarab turolmaydi. Shu yilning o‘zida bir guruh targ‘ibotchilarning ‘faoliyati’ tufayli bir qancha fuqarolar Suriyaga yo‘l olayotgan chog‘i qaytarildi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, targ‘ibotchilar diniy ahkomlarni pesh qilib, ularni dastlab soqol qo‘yishga undagan. Ahli ayollarini esa hijobga kirishga majburlagan. Ular Suriya janggohlaridan nimani ko‘zlagandi? Bu yerda yolg‘iz qolgan farzandlari kelgusida qaysi yo‘lni tanlar edi?

    Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev navbatdagi yig‘ilishda asosiy mavzudan chekinib, aslida ma’nosiga yetmay turib beo‘xshov soqol qo‘yish, hijobga kirish, tashqi qiyofani o‘zgartirish muqaddas dinimizning haqiqiy talablarini aks ettirmasligidan kuyinib gapirganida ba’zi bir qo‘pol iboralarni ham ishlatgan. Ammo viloyat rahbari ozod va obod vatanimizning har bir fuqarosi shu aziz yurtga, uning milliy qadriyat hamda urf-odatlariga munosib tashqi qiyofa egasi bo‘lishi kerakligini nazarda tutgan. Afsuski, joylarda beo‘xshov soqol qo‘yuvchilar, milliy madaniyat va ma’naviyatimizga nomunosib shaklda o‘zga xalqlar urf odatiga amal qilib ro‘mol o‘raydigan va kiyinadiganlar uchrab turadi. Hokimning kuyinib gapirgan so‘zlari, avvalo, ularga qaratilgan.

    Shuhrat G‘aniyevning bozorlarga noqonuniy yo‘llar bilan millatimizga mos bo‘lmagan diniy liboslarni keltirib sotayotgan tadbirkor va bozor rahbarlarga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish, terroristik tashkilot sifatida faoliyati taqiqlangan diniy oqimlarni tanqid qilishi, Rishton “Baraka” bozorida taqiqlangan adabiyotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarga qonuniy chora ko‘rishni talab qilgani, rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etadigan jurnalistlar, shahar, tumanlarda bo‘ladigan yig‘ilish qatnashchilari munosib kiyimda bo‘lishini, shuningdek, reklama bannerlaridagi odamlar suratlari milliy qadriyatlarimizga xos tashqi ko‘rinishda aks ettirilishi lozimligini eslatgani, shifoxonada davolanayotgan bemorlar ochiq, sochiq kiyimda yotganligini tanqid qilgani, farzandiga ism qo‘yishda dunyo xalqlarining la’natiga uchragan terroristlarning ismini emas, millatimizning buyuk vakillari nomi bilan atashni tavsiya etgani, ayniqsa, yoshlarning soch qo‘yishda ommaviy madaniyat ta’siriga berilmasligi hamda mamlakatimizda erkin diniy e’tiqod uchun yaratilgan sharoitlarni qadrlash va yana boshqa mavzulardagi mulohazalari, avvalambor, viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlashga qaratilgandir. Bu fikrlarga o‘zgacha yondashuv va urg‘u berish, viloyat hokimining so‘zlaridan boshqacha ma’no izlash adolatdan emas.

    Shuni ma’lum qilamizki, xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi bildirilgan fikr-mulohazalarni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, hokimlik mutasaddilari o‘rganib, tegishli xulosalar chiqardilar.

    Bundan buyon muhokama qilinayotgan har qanday masala bo‘lmasin uning qonuniy mohiyatiga va muloqot madaniyatiga qat’iy rioya etiladi.

    Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Mavzuga doir: Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qildi (audio)

    30.09.2019, 11:31   Izoh (0)   58967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIB Navoiy—Zarafshon yo‘lidagi “sun’iy yo‘l notekisligi” YTHlarga va odamlar o‘limiga sabab bo‘layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    30.09.2019, 11:16

    Davlat bojxona qo‘mitasi “G‘ishtko‘prik” bojxona postidagi avtomobillar tirbandligi yuzasidan tarqalgan xabarga munosabat bildiradi

    30.09.2019, 10:45

    Urgutlik o‘quvchi sochini majburlab olgan va unga jarohat yetkazgan maktab direktori o‘rinbosaridan kechirim so‘radi

    30.09.2019, 10:14

    Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qildi (audio)

    30.09.2019, 10:00

    Samarqandda yana tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi

    30.09.2019, 09:13

    Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan bemorning videomurojaatiga Surxondaryo viloyat hokimligi munosabat bildirdi (video)

    29.09.2019, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.