Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh Kongressi Razvedka qo‘mitasi raisi Adam Shiffning ma’lum qilishicha, Kongress Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlarning yetakchilari bilan telefon suhbatini qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp suhbatlar chog‘ida AQSh milliy xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bu turdagi shubha Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati stenogrammasi e’lon qilingach, yuzaga keldi.

“O‘ylashimcha, birinchi o‘rinda Qo‘shma Shtatlar xavfsizligi turadi va prezident o‘z kampaniyasining foydasi uchun boshqa mamlakatlar yetakchilari, xususan, Putin bilan suhbat davomida xavfsizligimizga putur yetkazgan yoki yetkazmaganini aniqlash lozim”, — deydi Shiff.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Vakillar palatasining prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash qarorini amerikaliklarning 47 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

28-sentabr kuni The New York Times gazetasi Oq uy Trampning boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan suhbati protokolining e’lon qilinishini qat’iy cheklagani haqida xabar bergan edi. Endilikda Trampning suhbatlari maxfiy kompyuter tizimida saqlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov