Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh Vakillar palatasining prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash qarorini amerikaliklarning 47 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Meduza’ning xabar berishicha, bu 3 oy oldingi natijadan 12 foizga ko‘p.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Xabarda aytilishicha, bu haqda The Hill nashri va HarrisX tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik bermoqda. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 42 foizi impichment jarayoniga qarshi chiqqan, 11 foizi esa savolga javob bera olmagan.

The Hill’ning qayd etishicha, AQSh Demokratlar partiyasi tarafdorlaridan impichmentni qo‘llab-quvvatlovchilar soni 59 foizdan 78 foizga, Respublikachilar partiyasidan esa 13 foizdan 18 foizga oshgan.

Donald Trampga qarshi impichment jarayoni prezidentning Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbatidan so‘ng boshlangan. Unda Tramp Ukrainadagi Burisma gaz kompaniyasi faoliyatini tekshirishni so‘ragandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”