23-sentabr, dushanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Buyuk Britaniya Birlashgan hamda Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati o‘rtasida anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida O‘zbekiston davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator maslahat va seminarlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, mamlakatda strategik aloqalarni rivojlantirishda tajriba almashish va qo‘llab-quvvatlash, ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, asosiy vazirlik, tashkilot axborot xizmati xodimlarining salohiyatini oshirish va davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan seminar hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, seminarlar AOKA anjumanlar zalida Buyuk Britaniya Birlashgan va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mutaxassislari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Tadbirlar idoralararo aloqalarni mustahkamlash, kompaniyalar olib borish, strategik aloqalar, raqamli eshittirishlar, OAV va kommunikatsiyalarni rejalashtirish ishlariga bag‘ishlanadi.
Izoh (0)