Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarini diqqatingizga havola etadi.

“Tejamkor, qulay va foydali!  Butun dunyoda velosiped nafaqat sport maqsadlarida, balkim shaharlardagi asosiy harakatlanish vositasi sifatida foydalanilyapti”, – TRT Haber, turk yangiliklar kanali.

“Ijtimoiy so‘rov natijalari: aksar amerikaliklar Tramp ikkinchi muddatga saylanishga arzimaydi degan fikrda”, – The Hill nashri.

“3 758 ta moviy ryukzak. Har biri harbiy to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lgan bolalar o‘limini ifodalaydi. BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida UNICEF tomonidan o‘rnatilgan installyatsiya harbiy nizolar bo‘layotgan hududlarda bolalar o‘limi hajmi qanchalik yuqoriligini ko‘rsatadi”, – China Sinhua News, Xitoy axborot nashri.

“1943-yilda Hindistonning Bengal shtatida qariyb 5 million inson ochlik, holislik va boshqa kasalliklardan halok bo‘ldi. Shu vaziyatda bosh vazir Uinston Cherchill rahbarligidagi Britaniya o‘z qo‘shinlari va ittifoqchi qo‘shinlarni boqish uchun o‘n minglab tonna don mahsulotlarini olib chiqib ketdi va hindlarni ochlikdan halok bo‘lishga mahkum etdi”, – “Birlashgan Irlandiya”, Twitter’dagi akkaunt.

“Finlyandiya uysizlik bilan kurashmoqda. 2009-yildan beri 7 mingdan ortiq uysiz uyli bo‘ldi”, – Vala Afshar, Sales Force axborot texnologiyalar kompaniyasi direktori.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi”, – Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti.

“Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga hujum jiddiy qadam bo‘ldi. Ehtimol bu al qasosu minal haq bo‘lgandir, ammo qasos aniq bo‘ladi. Butun mintaqa yanada izdan chiqdi”, – Karl Bildt, shved siyosatchisi va diplomati.

“31-oktabrda biz kelishuv bilan yoki kelishuvsiz Yevropa Ittifoqidan chiqamiz”, – Boris Jonson, Buyuk Britaniya bosh vaziri.

“Mana dastlabki musulmon partiyasi Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida faoliyat boshladi. U ‘Nyans’ deb nomlanadi. Bu haqda Adam Sveyman yozib qoldirdi”, – Ivar Arpi, shvetsiyalik jurnalist.

“Ajoyib – Saudiya Arabistonining mintaqadagi eng asosiy raqiblari bo‘lgan sammitda Putin ar-Riyodga har qanday hujumlardan mudofaa qiluvchi havo hujumlaridan mudofaa tizimini sotib olishni taklif qildi. Mazkur jumla bosh vazir va Eron prezidentida kulgi uyg‘otdi”, – Hasan Hasan, Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha mutaxassis, The Guardian, Foreign Policy, Foreign Affairs, The New York Times nashrlari kolumnisti.

Jahongir Ergashev tayyorladi.