Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida 17-sentabr, seshanba kuni sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni davom etmoqda.

Foto: MOQ

Bugungi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakilli Tokio—2020 Olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritdi.

Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurot Tasmurodov (-60 kg) yunon-rim kurashida uchinchi o‘rin uchun bahsda moldovalik Viktor Siobanuga qarshi gilamga chiqdi. Ushbu bellashuvda g‘olib chiqqan Tasmurodov bronza medali uchun gilamga chiqish imkoniyati bilan birga, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasiga ham ega chiqdi.

Klassik kurash bo‘yicha -77 kilogramm vazn toifasida harakat qilgan Jalgasbay Berdimuratov esa ukrainalik va litvalik raqiblarini mag‘lub etgan holda yarim finalga chiqdi. Bu Berdimuratovga Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etdi. O‘zbekistonlik kurashchi kechki dasturda qozog‘istonlik Asxat Dilmuhammedovga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni yettitaga yetdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!