Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Islom inqilobi soqchilari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bayrog‘i ostida suzib borayotgan kemani egalladi, deya xabar bermoqda Fars agentligi.

Foto: Fox News

Foto: Fox News

Kema ekipajining 11 nafar a’zosi qo‘lga olingan, ular yonilg‘i kontrabandasida ayblanmoqda.

Eron yoz boshidan beri Fors ko‘rfazi mintaqasida bir necha bor tankerlarni ushlab qoldi, bu esa uning AQSh bilan munosabatlari keskin sovuqlashishiga olib keldi.

Yamanlik isyonchi xusiylarning tomonidan 14-sentabr kuni dronlar vositasida amalga oshirilgan hujum oqibatida Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasining neft qazib oluvchi obyektlariga zarar yetgan edi.

AQSh ushbu hujumlarda xusiylarni qo‘llab-quvvatlayotgan Eronni ayblab chiqdi, rasmiy Tehron esa Saudiyadagi hodisaga o‘zining aloqadorligini rad etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda