Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida 13-sentabr, juma kuni dastlabki 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.
“Andijon” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona”sini qabul qildi.
Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Mazkur bahsdan so‘ng andijonliklar 17 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, jizzaxliklar 31 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.
Shu kuni Termizning “Surxon” jamoasi “Buxoro” maydoniga safar qildi.
O‘yinning 46-daqiqasida “Surxon” klubi hujumchisi Shohnazar Norbekov hisobni ochgan bo‘lsa, 90+6-daqiqada yarim himoyachi Abdulaziz Yusupov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa o‘yin 2:0 ko‘rinishida Termiz klubi foydasiga yakunlandi.
Qayd etish joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng “Surxon” ochkolari sonini 28 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Buxoro” esa 15 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga
19-tur bahslari
13-sentabr, juma
“Andijon”—“So‘g‘diyona” 0:0
“Buxoro”—“Surxon” 0:2
Gollar: 0:1 — 46 Shohnazar Norbekov, 0:2 — 90+6 Abdulaziz YusupovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)