Avstriya poytaxti Vena shahrida HoHo Wien deb nomlangan 24 qavatli yog‘och osmono‘par binosi barpo etildi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: “RBK”

Uning uzunligi 84 metr bo‘lib, 2019-yilning bahorida Norvegiyada qad rostlagan va dunyodagi eng baland yog‘och bino hisoblanuvchi Mjorstarnet majmuasidan bir metrga pastroq.

HoHo Wien’ning umumiy maydoni 25 ming kvadrat metr, shundan 19,5 ming kvadrat metri ijaraga berishga mo‘ljallangan.

Bino arxitekturasi bilan Venaning RLP Rüdiger Lainer + Partner kompaniyasi, qurilish bilan Cetus Baudevelopment GmbH shug‘ullandi. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar miqdori 65 million dollarni tashkil etadi.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”