Yangi smartfonlar va boshqa gadjetlar taqdim etilganidan so‘ng, Apple kompaniyasining kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshib ketdi. Bu haqda NASDAQ birjasining ma’lumotlariga asosanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: EPA

Kompaniya aksiyalarining qiymati bir qimmatbaho qog‘oz uchun 223,6 dollarni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich bundan oldingi savdolarga nisbatan 3,18 foizga ortiq demakdir.

10-sentabr kuni Apple kompaniyasi smartfonlarning yangi modelini taqdim etdi. iPhone 11 Pro’ning narxi 999 dollar, iPhone 11 Pro Max — 1099 dollar, iPhone 11 esa 699 dollardan boshlanadi.