O‘zbekiston monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha agentlik tashkil etildi. Bu haqda monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Qo‘mitaning yangi bo‘linmasi reklama bozori, tovar sifati va xavfsizligi, aholining iste’molchilik savodxonligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiladi.

Agentlik shuningdek, iste’molchilarga ularning huquqlari va manfaatlarini sudda himoya qilishga ko‘maklashadi.

Agentlik vakolatlariga:

  • Do‘konlarda tovarlarning nazorat xaridini amalga oshirish hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish;
  • Iste’molchilar huquqlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik holatlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda (moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirish o‘tkazish;
  • Iste’mol narxlari dinamikasi va ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlarga narx belgilash mexanizmlarini o‘rganish, narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Reklama sohasida adolatsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik va noto‘g‘ri reklamaning oldini olish.