• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Fermerlar kengashi raisi 100 foiz to‘g‘ri gapirdi”. Iqtisodiyotchi Behzod Hoshimov — go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar haqida

    O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov 10-sentabr, seshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda go‘sht narxining oshishiga uning ko‘p miqdorda iste’mol qilinayotgani ham sabab bo‘layotganini ta’kidlagan edi. Taniqli iqtisodiy tahlilchi Behzod Hoshimov Fermerlar kengashi raisining fikrlariga munosabat bildirdi.

    Mavzuga doir: “Go‘sht narxining oshishi — qilgan xatolarni o‘nglash borasidagi yaxshi signal”. Fermerlar kengashi raisining fikriga munosabat

    Kecha Aktam Hayitovning aytgan gaplariga juda ko‘p noto‘g‘ri fikrlar bildirildi. Aslida O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi 100 foiz to‘g‘ri gapni gapirdi. Go‘sht qimmatlashishining sabablaridan biri talabning yuqori ekanligi, oddiy qilib aytganda — o‘zbekistonliklar ko‘p go‘sht iste’mol qilayotganidir. Umuman olganda, iqtisodiy nuqtai nazardan, ixtiyoriy narx o‘sishi bu talabning taklifga nisbatan tezroq o‘sishi, deb aytish mumkin. Lekin bu yerda gap oxiriga yetmadi. Talabning oshishi aslida yana bir narsaga — bu ham bo‘lsa taklifning o‘sishiga olib keladi.

    Ya’ni, agar go‘sht yoki boshqa bir tovar qimmat bo‘lsa, narxning o‘sishi bozordagilarga “signal” beradi, signal degani — u odamlarga nima qilish kerakligini aytadi. Bizning holatda bu signal fermerlarni ko‘proq go‘sht ishlab chiqarishga, iste’molchilarni esa kamroq go‘sht iste’mol qilishga undaydi. Shunda — fermerlar ko‘proq go‘sht chiqarishi va odamlar kamroq go‘sht iste’mol qilishi oqibatida — go‘sht narxi yana qaytib joyiga tushadi.

    Bizda go‘sht unchalik ham elastik tovar bo‘lmagani bois narxning oshishi iste’molning sezilarli pasayishiga olib kelmaydi. Lekin nima uchun taklif ko‘paymayapti? Ya’ni, bir narsaning narxi oshsa, tadbirkorlar foyda olish niyatida o‘sha narsani ko‘proq chiqarishlari kerak-ku? Ular ko‘proq chiqarishsa, taklif ko‘payadi va narx tushadi. Javob oddiy: ma’muriy aralashuvlar go‘sht ishlab chiqarish bozorini haddan tashqari riskli qilib qo‘ygan. Yuqori risk — mazkur faoliyat bilan kamroq odam shug‘ullanadi va foyda koeffitsiyenti balandroq kutiladi, degani. Ya’ni, har gal narx oshganida ma’muriy choralar ko‘rilib, narxni sun’iy ravishda tushirishga harakatlar qilinadi.

    Masalan, shu yil yozda chorva bilan shug‘ullanuvchi tanish fermer bilan suhbatlashgandim. Aytishicha, fermasi joylashgan viloyatning hokimligi unga nechadir kilo go‘shtni sun’iy ravishda arzonroq sotishni buyurgan. Fermer buyruqni bajargan, albatta. Shunday choralar ko‘rilishi xavfi bo‘lsa, tabiiyki, bu — go‘sht ishlab chiqarish bozoriga kirgingiz kelmaydi. Demak, taklif ko‘paymaydi. Agar go‘shtning qay bir qismi imtiyozli narxda sotilsa, qolgani muvozanat narxidan balandroq sotilishi tabiiy. Shuning uchun ham kamdan-kam fermer bu ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ladi. Natijada narx balandligicha qolaveradi. Argentinaga bag‘ishlangan maqolamda ham aynan shu haqda yozgan edim.

    Gap bu yerda tugamaydi. Mol uchun yemning ham qandaydir qismi “past” va “imtiyozli” narxlarda sotiladi. Bu ham go‘sht narxi oshishiga olib keladi — yemning ham qanchadir qismi arzonga ketishini bilsangiz, yem ekib nima qilasiz? Imtiyozli yem uchun imtiyoz olmagan fermerlar haq to‘laydi, oxir-oqibat biz — iste’molchilar ham to‘laymiz.

    Go‘shtni chet eldan olib kelish uchun barcha to‘siq va bojlarni ham olib tashlash kerak. Tirik mol bo‘ladimi, tayyor go‘sht bo‘ladimi, agar chet eldan go‘sht olib kelish osonroq bo‘lsa, go‘shtning narxi ichki bozorda unchalik o‘ynamaydi.

    Va nihoyat — fermerlarga hech kim nima va qancha ishlab chiqarish kerakligini buyurishi kerak emas. Ya’ni, fermer narx oshganini bilsa, o‘zi bilib o‘sha narsani ishlab chiqaradi. Ya’ni, qishloq xo‘jaligidagi “plan”lar juda ham noto‘g‘ri va bozor iqtisodiyotiga to‘g‘ri kelmaydigan narsa. Shu “plan”larni deb fermerlar xohlagan paytida xohlagan narsani ishlab chiqara olmayapti. Natijada, go‘sht yoki yem qimmatligini bilsa ham, “plan”larni bajarish ilinjida yurgan fermerlar qimmat narsani emas, buyurilgan narsani ishlab chiqarishga majbur bo‘lyapti.

    Shu masalalar haqida Fermerlar kengashi raisidan batafsil tahlil kutib qolamiz.

    Behzod Hoshimov, iqtisodiyotchi

    Mavzuga doir: “Ishqilib sog‘liqni saqlash vaziri ‘biz ko‘p yashavoryapmiz’ deb chiqmasin”. Fermerlar kengashi raisining ko‘p go‘sht yeyayotgan o‘zbekistonliklar haqidagi bayonoti ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida

    11.09.2019, 23:23   Izoh (0)   64611
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tebinbuloq konidan yiliga 33 mln tonna ruda qazib olinadi

    11.09.2019, 22:59

    “Mehr”. Televideniyeda o‘zbekistonliklarni Suriyadan qaytarish operatsiyasi haqida hujjatli film ko‘rsatiladi

    11.09.2019, 22:47

    “Rishton—So‘x” yo‘li ochilgani e’lon qilingan edi, lekin u ochilmagan. O‘zbekiston Qirg‘izistonning javobini kutmoqda

    11.09.2019, 22:43

    Kattaqo‘rg‘ondagi Moybuloq tug‘ruqxonasi yopilgani homilador ayollar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani aytilgan edi. SSV holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi

    11.09.2019, 22:27

    Abdulaziz Komilov Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

    11.09.2019, 22:12

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlari elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi

    11.09.2019, 22:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ko‘pchilik noto‘g‘ri foydalanib kelgan 7 ta kundalik buyum

    Maslahatlar | 27 iyun, 09:50

    O‘zbekistonda aliment to‘lovlarining eng kam miqdorini qayta ko‘rib chiqish taklif etildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 09:29

    G‘azodagi hujumlarda 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 27 iyun, 09:17

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real Madrid” va “Al-Hilol” keyingi bosqichga yo‘l oldi (video)

    Sport | 27 iyun, 09:10

    Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

    Dunyo | 27 iyun, 08:31

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Yuventus” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 27 iyun, 07:49

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.