AQSh musiqa industriyasining striming servislaridan ko‘rgan daromadi yarim yil davomida 4,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu summa umumiy tushumning 80 foiziga teng va o‘tgan yilga solishtirganda 26 foizga ko‘p. Ikki yil avval bu ko‘rsatkich 51 foizga teng edi.
Amerika ovoz yozuvchi kompaniyalar assotsiatsiyasiga ko‘ra, 2018-yilning birinchi yarmiga solishtirganda umumiy tushum 18 foizga o‘sgan va 5,4 milliard dollarni tashkil etgan. RIAA pullik obuna va reklama daromadlarini hisobga olgan.
Bunday obunachilar soni 31 foizga oshgan va musiqa industriyasi umumiy tushumida 62 foizga yetgan. Spotify obunachilari 100 milliondan ortiqni, Apple Music muxlislari esa 56 million kishini tashkil etgan.
Izoh (0)