• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Alisher Nikimbayev: Kuperni iste’foga chiqarish hozir qimmatga tushadi

    Ayni damda Qatarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbol mutasaddisi Alisher Nikimbayev O‘zbekiston terma jamoasining Falastinga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.

    Foto: Twitter/@UzbekistanFA

    Foto: Twitter/@UzbekistanFA

    “Natija men uchun yoqimsiz kutilmagan voqea bo‘ldi. Ektor Kuperning murabbiylik salohiyati va ayniqsa taktik uslubiga shubha bilan qarab kelgan bo‘lsam-da, bu o‘yinda futbolchilarning saviyasi g‘alaba uchun yetarli bo‘ladi deb o‘ylagan edim. Aslida esa bu kamlik qildi.

    Endi nima qilish kerak? Mazkur qiyin savolga O‘FAning hozirgi rahbariyati javob berishi kerak. Avvalgi rahbariyatdan ularga terma jamoaning maqsad, vazifa va uslubiga mos tushmaydigan murabbiy meros bo‘lib qoldi. Shu bilan birga uni iste’foga chiqarish juda qimmatga tushadi.

    Demak, agarda Kuperni iste’foga chiqarish qarori qabul qilinsa, bunga pul kerak bo‘ladi. Buning ustiga yangi murabbiy jalb qilish uchun ham mablag‘ talab qilinadi. Bilishimcha, buning uchun O‘FAda pul yo‘q. Avvalgi rahbariyat juda dabdabali hayot kechirgan va nafaqat Mirabror Usmonov davridan qolgan (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 2 million dollar atrofida) pullar, balki so‘nggi ikki yil ichida O‘FA hisobiga tushgan boshqa mablag‘larni ham ishlatib yuborgan.

    Moliyaviy holat esa Kuperga o‘rinbosar topish masalasini qiyinlashtiradi. Pulni tejash maqsadida mahalliy mutaxassis tayinlanishi ham mumkin. Aynan kim, barcha mashhur kishilar terma jamoani boshqarishga ulgurdi, qolganlari ushbu lavozimni egallashga qodirmikin? Yoki muxlislar, jurnalistlar va mutaxassislar bir necha yildan beri talab qilayotgan chet ellik murabbiyga ishonish kerakmi?

    Kuprening tayinlanishi shu ko‘rsatdiki, chet ellik mutaxassisning olib kelinishi barchasiga yechim bo‘la olmaydi. Kuperning tayinlovi tanlash tizimi va strategik reja yo‘q paytda ro‘y berdi. “Chet ellik mutaxassis istaganmidingiz? Mana sizga”, deyishdi.

    Ayrim jurnalistlar Kuper tanqid ostiga olinsa hayron bo‘lishdi. Siz mana shuni xohlamaganmidingiz, deya gapirishdi. Avvalgi rahbariyatning shunday “advokat”laridan biri fikrlarimni boshqacha talqin qilgan holda meni “mot etmoqchi” bo‘ldi.

    Shunday ekan, O‘FA hozirgi rahbariyatining vazifasi murabbiy tanlash vaqti kelganda, avvalgi rahbariyat qilgan xatoni takrorlamaslik bo‘ladi. Nomzodni tanlashdan avval terma jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganish, uning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilishi hamda u mazkur lavozimga qay darajada loyiqligini tekshirish kerak.

    Masalan, Feliks Sanchesning Qatar bosh murabbiyligiga qanday kelganini eslash mumkin. U Qatarga “Aspire” akademiyasini rivojlantirish loyihasi sabab kelgan. Keyinchalik u yoshlar terma jamoasi bilan 2014-yilgi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi. Tabiiyki, u faoliyatini olimpiya terma jamoasi boshqaruvida davom ettirdi va 2017-yilda bosh terma jamoa ustoziga aylandi. 2019-yilning yanvarida esa nima bo‘lganini eslatishga hojat yo‘q bo‘lsa kerak. Federatsiyaning uzoqni ko‘zlab ishlashi va barcha yoshdagi terma jamoalarni bir tizim ostida bog‘lash mana shunday bo‘ladi.

    O‘zbekistonda nima bo‘lyapti? Siz to‘rtta asosiy terma jamoa murabbiylari bitta o‘yin uslubining tarafdori ekaniga ishonasizmi?”, — deydi Nikimbayev.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    07.09.2019, 14:56   Izoh (0)   32647
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronni mag‘lub etdi

    06.09.2019, 22:11

    Kokorin va Mamayev 11 oylik hibsdan so‘ng ozodlikka chiqadi

    06.09.2019, 19:04

    Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga yutqazib qo‘ydi (video)

    05.09.2019, 20:58

    Falastin — O‘zbekiston 2:0. Matnli onlayn

    05.09.2019, 20:12

    FIFPro yil ramziy terma jamoasiga da’vogar 55 futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi

    05.09.2019, 19:29

    Fakt: JCh—2022 saralash bahslarida o‘ynaydigan 40 ta jamoaning faqat 10 tasi mundialda qatnashgan

    05.09.2019, 15:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.