Qahramon Quronboyev lavozimdan ketganidan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlab kelayotgan Alisher Sa’dullayev tashkilot raisi sifatida rasman saylandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Foto: Xalqaro press klub

Qayd etilishicha, saylov yoshlar masalalari bo‘yicha videoselektor davomida o‘tkazilgan.

Alisher Sa’dullayev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimidan Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan edi.