Saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining „Huquqiy axborot” Telegram kanali.
Ushbu Qonun orqali Konstitutsiya hamda bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi berildi.
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda ichki ishlar organi xodimlari Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi.
Izoh (0)