Ijtimoiy tarmoqlarning O‘zbekiston segmentida haydovchi va yo‘l-patrul xizmati xodimining suhbati yozilgan videolavha tarqaldi. Unda haydovchi svetoforning yashil chirog‘ida to‘xtash, qizil chirog‘ida esa harakatlanish kerakligini qat’iy ta’kidlayotgani, YPX xodimi esa haydovchining oddiy qoidani bilmasligidan hayratga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Voqea qachon va qayerda yuz bergani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.