Yangi Zelandiya parlament raisi Trevor Mallard qo‘lida chaqaloq bilan yig‘ilishni o‘tkazdi.
The Guardian’ning yozishicha, parlament yig‘ilishi 21-avgustda o‘tkazilgan. Unda 65 yoshli spiker Mallard yig‘ilishda olti haftalik bolaga qaragan.
Mallardning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloqning otasi — deputat xotirjam ravishda o‘z vazifasini bajarishi uchun buni amalga oshirdi. Majlislar zalida turli qonunchilik tashabbuslari muhokama qilingan vaqtda parlament raisi bolani sutli aralashma bilan ovqatlantirgan va u bilan o‘ynagan.
“Odatda, spiker kursida faqat parlament raisi o‘tiradi, lekin bugun men bilan VIP-mehmon o‘tirdi. Oilani yangi a’zosi bilan tabriklayman”, — deb yozdi Mallard Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)