25-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 1-turi doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@OfficialSSLazio

Paulu Fonseka boshqaruviga o‘tgan Rimning “Roma” klubi “Stadio Olimpiko” stadionida “Jenoa”ni qabul qildi.

Bellashuv davomida rimliklar a’zolari Jengiz Under (6), Edin Jeko (30) hamda Aleksandar Kolarov (49) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmon jamoalardan Andrea Pinamonti (16), Domeniko Krishito (43—penalti) va Kristian Kuame (70) Pau Lopes qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi.

Shu tariqa “Roma” o‘z maydonida “Jenoa” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Simone Inzagi qo‘l ostidagi Rimning boshqa bir klubi “Latsio” “Sampdoriya” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvda Rim klubi hujumchisi Chiro Immobile (37, 62) 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, argentinalik yarim himoyachi Xoakin Korrea (56) ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi (3:0).

O‘yin yakuniga ko‘ra, “Latsio” musobaqaning dastlabki turida “Sampdoriya”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

A Seriya

1-tur bahslari

25-avgust, yakshanba

“Kalyari”—“Breshia” 0:1

Gol: 0:1 — 54, penalti Donnarumma

“Verona”—“Bolonya” 1:1

Gollar: 0:1 – 15, penalti Sansone, 1:1 – 36 Velozu

“Roma”—“Jenoa” 3:3

Gollar: 1:0 — 6 Under, 1:1 — 16 Pinamonti, 2:1 — 30 Jeko, 2:2 — 43, penalti Krishito, 3:2 — 49 Kolarov, 3:3 — 70 Kuame

“Sampdoriya”—“Latsio” 0:3

Gollar: 0:1 — 37 Immobile, 0:2 — 56 Korrea, 0:3 — 62 Immobile

SPAL—“Atalanta” 2:3

Gollar: 1:0 — 6 Di Franchesko, 2:0 — 26 Petanya, 2:1 — 34 Gosens, 2:2 — 70 Muriel,2:3 — 76 Muriel

“Torino”—“Sassuolo” 2:1

Gollar: 1:0 — 14 Zaza, 2:0 — 55 Zaza, 2:1 — 69 Kaputo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!