Xitoyning Xefey shahrida (Anxoy viloyati) to‘qqiz yoshli bola smartfonga bog‘lanib qolishi ortidan ko‘zi g‘ilay bo‘lib qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Yozgi ta’til paytida bola kuniga o‘n soatlab o‘yin o‘ynab, telefonni qo‘lidan qo‘ymagan. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li gajetni ulardan yashirincha ishlatgan. Natijada, qisqa vaqt ichida uning ko‘zlari g‘ilaylashgan.
Okulist bolaning ko‘rish muammolari, ehtimol, telefonga haddan tashqari ko‘p tikilish tufayli kelib chiqqanligini tasdiqladi va gajet ekraniga tikilishni bir necha oyga cheklashni maslahat berdi. Agar vaziyat yaxshilanmasa, ko‘z operatsiya qilinishi kerakligini aytdi.
Shunga qaramay, jabrlanuvchining o‘zi smartfondan voz kechmoqchi emas. “Men bunday qila olmayman”, — dedi u shifokorga.
Izoh (0)