Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori Indira Joldubayeva uy qamog‘iga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“2019-yil 20-avgust kuni Indira Joldubayeva korrupsiyada gumon qilinayotgani haqida ogohlantirildi. Bishkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi”, — deyiladi xabarda.
Joldubayeva jinoyatchilar rahnamosi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi bo‘yicha jinoiy ish doirasida so‘roq qilinmoqda.
Bu ish yuzasidan 17 kishiga ayblov e’lon qilingan, ular orasida sobiq prezident Almazbek Atambayev ham bor.
Izoh (0)