AQShlik mutaxassislar quyosh taftini qaytarish maqsadida yo‘llarni “sovuq” ranglarga bo‘yashni taklif qildi, deb xabar beradi National Geographic.
Los-Anjelesdagi ayrim ko‘chalar CoolSeal — issiqlikni qaytaruvchi yorqin kulrang rangga bo‘yaldi. Hozirda bu yerdagi harorat oddiy asfalt ko‘chalardagidan 5 daraja Selsiyga salqinroq. Yaqin 20 yil ichida shahar havo haroratini o‘rtacha 1,5 daraja Selsiyga tushirishni rejalashtirmoqda.
Qatar ham o‘zining rangli gammasini yaratgan: Doxa — dunyodagi eng issiq va havosi quruq shaharlardan biri, sentabr oyida bu yerdagi harorat 38 darajadan pastga tushmaydi. Yil davomida deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Tajriba sifatida Abdulla ibn Jasem ko‘chasining 200 metrli qismi olingan. Daraxtlar yo‘qligi sabab bu yerdagi harorat tez-tez 50 daraja Selsiydan ko‘tarilib turadi. Issiqlik qaytaruvchi maxsus 1 millimetr qalinlikdagi ko‘k qoplama va keramik mikrosfera infraqizil nurlarni qaytarishga xizmat qilmoqda.
Bir yarim yil davomida mutaxassislar bu yerdagi haroratning o‘zgarishini monitoring qilib boradi va agarda ko‘rsatkichlar kutilgan natijalarni bersa, Qatarning boshqa ko‘plab ko‘chalari ham shunday rangga bo‘yaladi.
Izoh (0)