Afg‘onistonda 22-avgust kuni ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “RBK”.
NATO voqeaning tafsilotlari va halok bo‘lgan harbiylarning shaxsi haqida ularning qarindoshlarini xabardor qilmasdan turib oshkor etishdan bosh tortgan.
Qayd etilishicha, 2019-yil davomida Afg‘onistonda umumiy hisobda 14 nafar AQSh harbiylari halok bo‘lgan. Bu yerda jami 14 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchilar bor. NATO vaqti-vaqti bilan ularning halok bo‘lgani haqida xabardor qilib turadi.
Izoh (0)