Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya 2018-yilda yadro izlanishlarini davom ettirgan. “TASS”ning yozishicha, bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) hisobotiga tayanib, KBS telekanali ma’lum qilgan.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Unda aytilishicha, Pxenyan Yonbyondagi quvvati 5 MVt bo‘lgan tadqiqot reaktori tufayli yadro izlanishlarida “yanada rivojlanishga erishgan”.

XAEA mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan Yonbyondagi yadro markazining sputnik suratlari tahlili reaktor o‘tgan yilning avgust oyi o‘rtalarigacha ishlaganini ko‘rsatgan.

Foto: CSIS

Foto: CSIS

Hisobotda, shuningdek, reaktor avgust o‘rtalaridan noyabr oyi oxiriga qadar uzilishlar bilan ishlagani, 2018-yilning dekabrida esa hech qanday ishlash belgilari qayd etilmagani aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov