19-avgust kuni soat 18:00 larda fuqaro 37 yoshli F.M. o‘zining Kia rusumli avtomashinasini Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududidan o‘tuvchi “Denov—Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, yo‘l chetida turgan piyoda, Buxoro shahri Mustaqillik ko‘chasida yashovchi 17 yoshli M.Z. ismli qizni urib yuborgan.
Natijada M.Z. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)