Boshqirdistondagi narkodispanser bemori kasalxonada bomba borligi haqidagi yolg‘on xabari uchun sudda javob beradi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lum bo‘lishicha, u shu yo‘l bilan bemorlar evakuatsiya qilinayotganda kasalxonadan qochmoqchi bo‘lgan. Voqea respublikaning Belebeyev tumanidagi kasalxonaning narkologiya bo‘limida sodir bo‘lgan.

Militsiyaga piyonistalar va giyohvandlar davolanuvchi bo‘limda bomba o‘rnatilgani haqida anonim murojaat kelib tushgan. Kasalxonaga yetib kelgan mutaxasslar u yerda hech qanday portlovchi qurilma topmagan, lekin jinoyatchini kimligini aniqlagan.

U narkologiya bo‘limining 37 yoshli bemori ekanligi ma’lum bo‘lgan. Aybdor erkakning aytishicha, bunday harakatni evakuatsiya qilinayotgan odamlar to‘dasida yashirinib, kasalxonadan chiqib ketish maqsadida amalga oshirgan.

Terrorchilik harakati haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani ishi sudga oshirilgan bo‘lib, erkak 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.