So‘nggi vaqtda amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga zid ravishda chet davlatlardan O‘zbekistonga turli pnevmatik qurollarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib kirishga urinishlar tez-tez uchrab turmoqda.

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirliganida, avtomobilning orqa o‘rindig‘i tagiga gazli pnevmatik to‘pponcha xufiyona tarzda yashirib qo‘yilganligi aniqlandi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib orilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi A.F. uyida saqlangan ov qurolini o‘z xohishi bilan bojxona organlariga taqdim qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida aniqlangan bojxona qonunbuzilishi holatida esa xorijdan uchib kelgan yo‘lovchilardan biri V.S. bir dona patronni “yashil” yo‘lak orqali olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.