Andijonda gaz to‘ldirayotgan 2 ta Damas avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.
12-avgust kuni soat 12:40 da Andijon viloyati Ulug‘nor tumani “Sariqsuv” MFY hududida joylashgan “Viktoriya gaz servis” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan 2 ta avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 12:50 da yetib borgan va yong‘in soat 12:52 da qurshab olinib, soat 13:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘inning keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida AGTKShning 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan fuqaro X.X.ga tegishli Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lib, alanga uning orqasida navbatda turgan fuqaro J.G‘.ga tegishli Damas rusumli avtomobiliga ham o‘tgan. Natijada ikkala avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)