Muborak Haj ziyoratlarini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan keksa hojilar uchun qulaylik yaratish maqsadida savobli ishga qo‘l urildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Makkada Haj ziyoratida bo‘lgan o‘zbekistonliklarga “Vaqf” fondi yordam sifatida harakatlanish aravachalarini jo‘natdi.
Ma’lumki, Haj ziyorati amalini bajarishda bir kun ichida 8-10 kilometrlab piyoda yurishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ba’zi yoshi ulug‘ ziyoratchilarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ularga harakatlanishda ko‘mak bo‘lishi uchun aravachalar Makka shahriga yetkazildi. Ushbu aravalar fond rahbari Iskandar Halilov tomonidan “Haj—2019” tibbiyot guruhi ixtiyoriga topshirilgan.
Izoh (0)