Turkiya imom-xatiblar maktablarida yangi fan — xitoy tili o‘qitiladi.
Avvallari o‘quv dasturlariga arab, ingliz, ispan, rus va nemis tillari kiritilgan edi.
Birinchi bo‘lib xitoy tilini o‘qitishni joriy qilish Istanbulning Kyuchyukchekmeje tumanidagi imom-xatiblar maktabidan boshlanadi.
Sentabr oyidan boshlab Konfutsiy instituti ko‘magida talabalar ushbu tilni o‘zlashtirishni boshlashga kirishadi.