Novorossiysk yaqinida ichida 40 dan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus jarlikka quladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Hozirda qutqaruvchilar 30 metr chuqurlikdagi avtobusni chiqarib olish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
“Ko‘tarma kranlar chaqirilgan, avtobusni chiqarib olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Moskva vaqti bilan 22:20 da “Novorossiysk — Kerchen bo‘g‘ozi” avtomobil yo‘lining 16-kilometrida Volkswagen Touareg va Hyundai avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida jarlikka qulagan avtobus ichida 45 kishi bo‘lgan. 3 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.