Xalifa Haftarning Liviya milliy armiyasi Harbiy havo kuchlari 6-avgust kuni Misrat shahri aeroportiga qo‘ngan Il-76 samolyotiga hujum qildi, deb xabar bermoqda “RBK” Al-Marsad agentligiga tayanib.
Xabarda aytilishicha, yo‘q qilingan Il-76 hukumat kuchlari tarafdori uchun qurol tashigan. Samolyotning yo‘q qilinishi Haftar armiyasining dushmanlarini qurol bilan ta’minlovchi xorijiy mamlakatlar uchun ogohlantirish bo‘ldi.
Ukrainaning “Liga.net” nashri esa samolyot Xalqaro qizil xoch tashkilotining gumanitar yordam yukini tashiganligini aytmoqda. Samolyot Anqaradan Misratga uchgan.
Qayd etilishicha, ekipaj a’zolari evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.