Gretsiya shimolida ichida turistlar bo‘lgan avtobus yonib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Transport vositasi Kozani shahrida joylashgan tunnelda yonib ketgan. Kozanidagi Xalkidiki kurort zonasiga ketayotgan avtobusda noma’lum sabablarga ko‘ra yong‘in yuzaga kelgan. Bu vaqtda avtobus Vermirn tunnelidan o‘tayotgan bo‘lgan.
Avtobus haydovchisi transportni tunneldan olib chiqib, undagi barcha yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga ulgurgan. Hech kim jarohat olmagan.
Avtobus ichida o‘nlab odamlar, jumladan, yosh bolalar bo‘lgan. Transport vositasi to‘liq yonib ketgan.