Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva otasining Qo‘y-Toshdagi qarorgohida ekanligini yozib qoldirdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
“Yuzaga kelgan vaziyatga izoh bermoqchiman:
Mening otam hech qayerga qochib ketgani yo‘q, uni qo‘lga olishgani ham yo‘q, uning xavfsiz hududda ekanligi haqidagi ma’lumotlar ham yolg‘on. U haligacha Qo‘y-Toshda.
Hech qachon siyosatga aralashmaganman va yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumotga ega emasman. Qo‘y-Toshdagi uyimiz atrofida vertolyotlar uchyapti. Odamlar uchun internet va aloqa uzib qo‘yilayotganini taxmin qilyapman. Telefonim ham yaxshi ishlamayapti. Menga hech kim qo‘ng‘iroq qila olmayapti. Oilam va jabrlangan insonlar uchun juda ham qo‘rqayapman. Men o‘z fuqarolik pozitsiyamni ko‘rsatdim”, — deb yozadi Aliya Shagiyeva.
Bu paytda esa Atamboyevning uyi yaqinidagi qurilishda otishma boshlandi. Otishma oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Izoh (0)