Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida maxsus amaliyot boshlandi, deb xabar berdi “RBK”.
Sobiq prezidentning uyi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylar tomonidan qamal qilingan va otishma boshlangan. Atamboyevning dala hovlisida uning tarafdorlari va jurnalistlar to‘plangan. Otishma boshlangach, o‘nlab kishi jarohat olgani aytilmoqda. Jarohatlanganlarga tibbiy xodimlar yordam ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)