AQShda yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Toni Morrison 88 yoshida vafot etdi.

Foto: AP

Uning eng mashhur asarlaridan biri “Sevikli” romani qullikdan qutqarish uchun qizini o‘ldirgan qora tanli ayolga bag‘ishlangan. Bu romani uchun u 1988-yilda Pulitser mukoftini olgan.

Morrison adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan ilk qora tanli ayol bo‘lgan.