PSJ yarim himoyachisi Ruben Providens faoliyatini “Roma”da davom ettiradi. Bu haqda Parij klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
PSJ o‘yinchiga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Avvalroq Providens “Roma” bilan 4 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Rim klubi yosh futbolchi uchun tovon puli sifatida uncha katta mablag‘ to‘lamaydi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli xavbek PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ortda qolgan mavsum UEFA Yoshlar Ligasi doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi va 2 ta golli uzatma berishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” 2018/19-yilgi mavsumni A Seriya jadvalida 6-o‘rinda yakunladi va Yevropa Ligasining guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, klub Yevropa Chempionlar Ligasida ham ishtirok etib, 1/8 finalda “Portu”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)