Maktabgacha ta’lim vazirligi taklifi bilan “Maktabgacha ta’lim muqobil shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.
Hujjatda aytilishicha, 2019—2020-o‘quv yilida Isuzu HC 40 maxsus jihozlangan avtobuslarida mobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil qilish bo‘yicha loyihani joriy etish nazarda tutilgan.
Ko‘chma guruhlar maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim olishlariga yordam berish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi ta’lim-tarbiya jarayoniga mobil guruhlarini zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiya, ta’lim va tarbiya samarali shakl va uslublarni joriy etadi. Shuningdek, mobil guruhlarni o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, didaktik materiallar, bolalarni rivojlantiradigan o‘yinchoq va o‘yinlar, milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks etgan va bolalikdan kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadigan adabiyotlar bilan ta’minlaydi.
Qayd etilishicha, mobil guruhlar (ta’lim-tarbiya jarayoni haftada 7 soatdan kam bo‘lmasligi kerak) maktabgacha ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Shuningdek, loyihaga mobil maktabgacha ta’lim guruhlari faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.
Izoh (0)