Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida “Metallurg”—OKMK uchrashuvida ro‘y bergan ko‘plab bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib intizom qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga ochiqchasiga e’tiroz bildirib, unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun Superliganing 1 uchrashuviga diskvalifikatsiya qilingan va jarimaga ham tortilgan.
O‘yin bosh hakami Shavkat Nasibullayev ishida esa o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarish, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yish kabi kamchiliklar aniqlangan. Mazkur holatlar inobatga olingan holda Tartib intizom qo‘mitasi Nasibullayevni 4 uchrashuvga chetlatib, jarimaga tortgan.
Bundan tashqari, uchrashuvga har tomonlama professional darajada tayyorgarlik ko‘rmaganligi aniqlangan ushbu Nasibullayev, quyi ligaga badarg‘a qilingan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)