Markaziy harbiy okrugiga qarashli O‘zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqo‘rg‘on” poligonida 12 mutaxassislik bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Birinchi marotaba Mudofaa vazirining tashabbusi bilan “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilayotgan 12 mutaxassislik bo‘yicha musobaqaning yeti yo‘nalishi aynan artilleriya bo‘linmalariga tegishli.
Jumladan, harbiy xizmatlar yakka va jamoa tarzda “Eng ilg‘or pulemyotchi”, “Eng ilg‘or mergan”, “Eng ilg‘or granatomyotchi”, “Eng ilg‘or AGS hisobi va SPG-9 hisobi”, “Eng ilg‘or muhandis qo‘shinlari mutaxassisi”, “Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi”, “Eng ilg‘or orudiya (ZORQ, minomyot) hisobi”, “Quruqlikdagi qo‘shinlarni HHM qilish qo‘shinlari eng ilg‘or mutaxassisi” va “Quruqlikdagi qo‘shinlarni HHM qilish qo‘shinlari eng ilg‘or hisobi”, “Eng ilg‘or radiatsion, kimyoviy, biologik razvedka mutaxassisi”, “Eng ilg‘or maxsus ishlov berish mutaxassisi”, “Eng ilg‘or mutaxassis ognemyotchi”, “Eng ilg‘or radiatsion, kimyoviy, biologik razvedka hisobi” hamda “Eng ilg‘or maxsus ishlov berish hisobi” kabi yo‘nalishlarda faol ishtirok etdi.
Kecha, 29-iyul kunidagi Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan videoselektorda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan O‘zbekistonda yagona artilleriya va aviatsiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan “Kattaqo‘rg‘on” poligonidagi mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqaning okrug bosqichi yakunlari haqidagi ma’ruzasi tinglandi.
Izoh (0)