Andijon viloyatining 2019—2022-yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi, bu haqda “Norma” xabar qiladi.
Dasturning ustuvor yo‘nalishlari sifatida sanoat ishlab chiqarishi hajmini 1,6 baravar va eksport hajmini 1,9 baravarga oshirish hamda 41 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etish nazarda tutilayotir.
Qiymati 14,7 trln so‘m bo‘lgan va 1,1 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda 553 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga viloyatda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlar kiritiladi. Xususan, quyidagi KSZlari tashkil qilinadi:
— kooperatsiya usulida yuqori texnologik ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan KSZ — Xonobod shahridagi sobiq “Suv qurilish jihozlari” MChJga tegishli bo‘lgan maydoni 45,5 ga foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida;— paypoq va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan KSZ — Qorasuv shahridagi sobiq paypoq ishlab chiqarish fabrikasining hududida;— “Andijon” (hududi – 1,9 ga, bino va inshootlar maydoni – 780 m²), “Jalaquduq” (0,4 ga, 4 000 m²) va “Oltinko‘l” (1,7 ga, 3 177 m²) KSZlari — tashqi infratuzilma obyektlariga ulangan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va samarasiz ishlatilayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida.
Vakolatli vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi, tashkiliy tusdagi masalalar hal etildi, mansabdor shaxslarga tasdiqlangan prognoz parametrlarga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Izoh (0)