Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Gonkongda ikki kundan buyon norozilik namoyishlari davom etmoqda. 28-iyul kuni politsiya namoyishchilarni quvib yuborish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ko‘ngilsiz hodisa Gonkongning shimoli-g‘arbiy qismida, Xitoy hukumatining markaziy kanselyariyasi binosi yaqinida sodir bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, namoyishchilar huquq-tartibot xodimlariga qarata g‘ishtlarni uloqtirgan. Ayni vaqtda politsiya hududni tozalash bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, namoyish ishtirokchilari turli joylarda yong‘inlarni keltirib chiqarmoqda.

To‘rt kishi jarohat olib shifoxonaga jo‘natilgan, politsiya 10 kishini qo‘lga olgan.

So‘nggi ikki oydan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari zo‘ravonliklarga aylanib ketmoqda. Namoyishchilar fuqarolarning sud qilinishi uchun Gongkong orolidan Xitoyning asosiy qismiga yuborilishiga yo‘l ochuvchi qonun loyihasiga qarshi noroziliklarini izhor qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi
Dunyo
Oq uy: safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklar AQSHga boshpana so‘rab murojaat qilishi mumkin
Dunyo
Urush bilan Folklend orollarini qaytarib olgan Tetcher, 757 kishi cho‘kib ketgan “Estoniya” paromining siri va Moskvani 20 yil boshqargan Lujkov iste’fosi. Kun xro...