27-iyul, shanba kuni Armaniston mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa Chempionati finalida Ispaniya (U19) Portugaliya (U19) jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 34 hamda 51-daqiqalarida ispaniyalik yarim himoyachi Ferran Torres ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib dublga erishdi.
Shu tariqa Ispaniya yoshlar jamoasi musobaqa finalida Portugaliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, chempionga aylandi.
Yevropa Chempionati
Final bahsi
27-iyul, shanba
Portugaliya (U19)—Ispaniya (U19) 0:2
Gollar: 0:1 — 34 Ferran Torres, 0:2 — 51 Ferran TorresPortugaliya (U19): Biai, Tomash Tavaresh, Gonsalu Loureyru, Kardozu, Korrea (Gomes, 76), Diogu Mashadu, Fabiu Viyeyra (Silva, 76), Gonsalu Ramush, Vitor Ferreyra (Kosta, 64), Costa, Joau Mariu (Gouveyya, 58)
Ispaniya (U19): Tenas, Erik Garsiya, Gilyamon, Viktor Perea, Miranda, Moxa (Molyexo, 87), Antonio Blanko, Ferran Torres (Viktor Chust, 90), Serxio Gomes (Barrenechea, 81), Salvatyerra (Xandro Orelyana, 80), Abel Ruis (Mendes, 90)
Ogohlantirishlar:Gonsalu Ramush (76), Tomash Tavaresh (85), Gonsalu Loureyru (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)