Xorvatiyaning Zagreb shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik Sharofiddin Lutfullayev oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
- 60 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sharofiddin Lutfullayev musobaqadagi ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlab, birin-ketin Sloveniya, Turkmaniston va Qozog‘iston vakillarini mag‘lub etdi.
Sharofiddin yarim final bahsida esa mo‘g‘ulistonlik raqibi Ariunbold Enxtayvanni ikki daqiqada mag‘lubiyatga uchratdi.
Finalda Buyuk britaniyalik Eshli Makkenzini ham ippon bahosi bilan mag‘lub etgan Lutfullayev musobaqaning oltin medalini hamda Tokiyo Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)